Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xarid cheklari bo‘yicha keshbek olish uchun Face ID orqali shaxsni tasdiqlash talab etiladi
Oldin 500 ming so‘mdan ortiq bo‘lgan mablag‘ni kartaga o‘tkazish uchungina Face ID yordamida shaxsni tasdiqlash kerak edi.
Endilikda “Soliq” mobil ilovasi orqali keshbek olish uchun Face ID bo‘yicha identifikatsiyadan o‘tish talab qilinadi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oldin faqatgina 500 ming so‘mdan ortiq bo‘lgan mablag‘ni kartaga o‘tkazish uchun fotosurat yordamida shaxsni tasdiqlash talab qilinardi. Endi bu shart har qanday bonus miqdori uchun amal qiladi.
“Keshbek olishda Face ID'dan o‘tiladi. Buning uchun, Face ID bo‘limiga kiring. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JShShIR) ko‘rsating. Yuzingizni to‘liq suratga oling va tasdiqlashga yuboring. Muvaffaqiyatli avtorizatsiyadan so‘ng shaxsingiz tasdiqlanadi”, deyiladi Soliq qo‘mitasi xabarida.
Ma’lumot uchun, 2022 yil 1 yanvardan QR-kodli xarid cheklarini “Soliq” mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga xarid summasidan 1 foizlik keshbek to‘lab kelinmoqda. Hozirgacha berilgan jami keshbeklar miqdori 890 mlrd so‘mdan oshgan.
Mavzuga oid
11:39 / 05.05.2025
Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi
21:57 / 26.04.2025
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi
20:09 / 01.04.2025
2027 yildan boshlab san’atkorlardan daromad solig‘i majburiy undiriladi – Soliq qo‘mitasi
19:00 / 17.03.2025