Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada «jangovar kayfiyatni ko‘tarish» uchun targ‘ibot guruhlari tuzilyapti
Rossiya Madaniyat vazirligi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda turli mintaqalardan har xil yoshdagi ijrochilarni o‘z ichiga olgan targ‘ibot guruhlarini tuzmoqda. Bu haqda Madaniyat vazirligi rahbari Olga Lyubimova ma’lum qildi.
«Ba’zi holatlarda ular orasida katta avlod ijrochilari bor, ba’zida esa ular yosh, hali ham rivojlanayotgan guruhlardir», dedi Lyubimova «Rossiya 24» telekanali efirida.
«Qayerdadir reabilitatsiyada bo‘lgan yigitlarni ko‘rib kelish kerak, qayerdadir katta konsert bilan, qayerdadir maydonda chiqish kerak, ayrim viloyatlarga ham borish kerak», - deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq «Vedomosti» gazetasi Rossiya prezidenti ma’muriyatidagi manbaga tayanib, targ‘ibot guruhlari chaqiriluvchilarning «jangovar kayfiyatini oshirish» bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgan edi.
Ulardan eng ommabopi - «Russkoye radio» tashviqot guruhining tashkil etilishi 28 sentabr kuni e’lon qilindi. Uning tarkibiga «Zemlyane» guruhi, Grigoriy Leps, Nikolay Baskov, Polina Gagarina, Oleg Gazmanov, Larisa Dolina va boshqalar kirishi kerak edi.
O‘shandan beri targ‘ibot brigadasi harbiy hospitalda, harbiy qismda, safarbarlik punktida va boshqa joylarda chiqish qilishga ulgurdi, deb yozadi «Novaya gazeta. Yevropa».
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025