Rossiya OAV Ukrainaning 2 ta diversiya guruhi Bryanskda ekani haqida xabar berdi
Rossiyaning qator axborot agentliklari, jumladan, RIA «Novosti» va TASS agentliklari go‘yoki diversiya razvedka guruhlari Bryansk viloyatidagi ikki qishloqqa Ukrainadan kirib kelgani va odamlarni garovga olgani haqida xabar bermoqda. Agentlik xabarlari juda ziddiyatli.
«Ukrainalik diversantlar bilan to‘qnashuv yuz berdi, mahalliy aholi orasida qurbonlar bor», deb yozadi TASS huquq-tartibot idoralariga tayanib.
Lyubechan qishlog‘ida odamlar do‘konda garovga olindi, deya aniqlik kiritdi RIA «Novosti» agentligining favqulodda xizmatlardagi manbasi.
Avvalroq Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz Sushani qishlog‘ida avtomobil o‘qqa tutilgani, natijada bir kishi halok bo‘lgani va bir bola jarohatlangani haqida xabar bergan edi.
«Ukrainalik diversantlar guruhi ikki qishloqqa kirib, ulardan birida mahalliy aholini garovga oldi. Rosgvardiya askarlari jangarilar bilan to‘qnash keldi», deb yozadi TASS.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan olti kishi garovda. Baza Telegram-kanali xabariga ko‘ra, Sushanida elektr podstansiyasi va yonilg‘i quyish shoxobchasi portlatilgan.
«Rybar» Telegram-kanali 40 kishi garovga olingani va «diversiya guruhi» kirib kelgan chegaradagi Lyubechan qishlog‘ida, Bryansk gubernatori xabar berganidek, mahalliy feldsher o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar berdi.
Ayni paytda, «Ranshe vsex. Nu pochti» Telegram-kanali Bryansk viloyati rasmiylari Sushanida odamlar garovga olingani haqidagi ma’lumotni tasdiqlamayapti, deb yozadi.
Mavzuga oid
20:12
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024