Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya O‘zbekistonda gematologiya markazini modernizatsiya qiladi
O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi ishchi guruhining Osaka shahriga xizmat safari doirasida bir qator kompaniya va tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
2025 yil Osaka shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Osaka EKSPO-2025» Butunjahon ko‘rgazmasi tashkiliy qo‘mitasining xalqaro aloqalar departamenti direktori Yo.Miyagava hamda Texnik xizmat va qurilish departamenti direktori M.Ato bilan kechgan suhbat chog‘ida ushbu ko‘rgazmada O‘zbekiston milliy pavilonini joylashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Safar davomida Yaponiyaning Daido Industries INC. kompaniyasi bosh ijrochi direktori Sh.Ogiri bilan muzokaralar ham o‘tkazildi. Sh.Ogiri hozirgi kunda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) grant mablag‘larini jalb etgan holda Daido Industries INC. kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya va qon quyish ilmiy-amaliy tibbiyot markazini modernizatsiya qilish» loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Ushbu loyiha uchun JICA tomonidan qariyb 1 million dollar mablag‘ ajratiladi. Loyiha qon quyish markazini zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlashni nazarda tutadi. Ushbu loyihani moliyalashtirish maqsadida JICA va Daido Industries INC. kompaniyasi o‘rtasida joriy mart oyining birinchi yarmida ikki tomonlama shartnomaning imzolanishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakunida aprel oyida ushbu kompaniya hamda JICA vakillarining O‘zbekistonga amaliy tashrifini tashkil etish va uning davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya va qon quyish ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbariyati bilan mazkur loyihani joriy yilning avgust-sentabr oylarida amalga oshirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025