Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mediazona» Rossiyada safarbar qilinganlar sonini 527 mingga baholadi
«Qisman safarbarlik» paytida rasmiylar da’vo qilganidan 227 mingga ko‘proq rossiyalik chaqirilgan bo‘lishi mumkin.
«Mediazona» nashri 2022 yilning sentabr-oktyabr oylarida harbiy xizmatga chaqirilgan rossiyaliklar sonini 527 703 kishi deb baholadi, bu haqda 2 mart, payshanba kuni chop etilgan yangilangan tadqiqot natijalarida aytilgan.
2022 yil oktyabr oyida «Mediazona» tezlashtirilgan asosda tuzilgan nikohlar soni bo‘yicha Rossiyada safarbarlik ko‘lamini baholash usulini ishlab chiqdi. 2022 yil 21 sentabrda «qisman safarbarlik» e’lon qilingandan so‘ng, chaqiruv qog‘ozini olgan erkaklarga FHDYo bo‘limiga murojaat qilgan kuniyoq nikohni rasmiylashtirishga ruxsat berildi. Safarga olinganlar bu imkoniyatdan «ommaviy ravishda foydalanishdi», chunki nikohdan tashqari birga yashash holatida qarindoshlar haqida ma’lumot olish va ular vafot etgan taqdirda tovon puliga umid qilish mumkin emas, deb ta’kidlaydi «Mediazona».
2022 yil sentabr-oktyabr oylarida tezlashtirilgan nikohlarning aksariyati urushga yuborilgunga qadar sodir bo‘lgan. Oktyabr oyi oxirida «qisman safarbarlik» chaqiruvi tugadi, biroq nikohlar soni kamaymadi. Noyabr oyidan beri safarbar qilinganlar xizmat joyida yoki ta’tilda turmush qurishni davom ettirdi, deb yozadi mualliflar. Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil noyabr oyida Rossiyada nikohlar soni o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 45 mingga, dekabrda esa 16 mingga ko‘p bo‘lgan. 2021 yilga nisbatan nikohlar soni nafaqat safarbar qilinganlar hisobiga oshgan: 2021 yilda koronavirus pandemiyasi tufayli odatdagidan kamroq turmush qurilgan, deya ta’kidlaydi tadqiqotchilar.
50 ta hududdagi FHDYo bo‘limlarining yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, ikki oylik safarbarlik davrida chaqiruv qog‘ozi olgan 24 000 dan ortiq erkaklar (safarbarlik yoshidagi bo‘lajak xotini bilan birga yashagan erkaklarning 1,42 foizi) nikohdan o‘tgan. Harbiy yoshdagi erkaklarning umumiy soniga ko‘ra, faqat ushbu mintaqalarda 240 mingga yaqin odam urushga ketgan, butun Rossiya bo‘ylab - 527 ming. Bu minimal hisob-kitob, deb ta’kidlaydi tadqiqot mualliflari.
Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 300 ming kishi safarbar etilganini ma’lum qilgan edi. Rasmiylarga ko‘ra, yana 20 mingga yaqin kishi ko‘ngilli sifatida urushga ketgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025