Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 14:48 / 04.03.2023
6950
2 daqiqa o‘qiladi
5 mart kuni Toshkentda ayrim markaziy ko‘chalar transport harakati uchun yopiladi
5 mart kuni poytaxtda "Xavfsiz hayot uchun" aksiya doirasida velosipedchi va piyodalar yurish marafonlari o‘tkaziladi.
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan soat 06:00 dan 11:00 gacha qator ko‘chalar avtotransport harakati uchun yopiladi.
Ko‘chalar:
- Islom Karimov va Furqat ko‘chalari chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha;
- Islom Karimov chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasigacha;
- Sharof Rashidov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
- Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasidan Furqat va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
- Beshyog‘och va Furqat ko‘chalari kesishgan chorrahasidan Furqat ko‘chasi bo‘ylab, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha.
- 4 mart kuni soat 18:00 dan 05 mart kuni soat 13:00 gacha Afrosiyob ko‘chasi: Islom Karimov va Afrosiyob ko‘chalari chorrahasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha harakat cheklanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
14:38 / 02.05.2025
O‘zbekiston yangi transport yo‘laklarini shakllantirishda YeI bilan hamkorlik qiladi
08:37 / 02.05.2025
Toshkent ko‘chalaridan birida mashinalar harakati vaqtincha to‘xtatildi
08:09 / 29.04.2025