Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada safarbar qilinganlarga yordam yig‘ish markaziga o‘t qo‘yildi
Novosibirskda noma’lum shaxslar Ukrainaga qarshi urushga safarbar etilganlar uchun yordam yig‘ayotgan muassasaga derazani sindirib, yonayotgan mato tashladilar. Bu markazga o‘t qo‘yishga ikkinchi urinishdir, deb xabar berilgan Telegram’da.
Novosibirskda safarbar qilinganlarga yordam yig‘ish punkti yonib ketdi. Jamoat birlashmalari resurs markazidagi yong‘in 6 mart, dushanbaga o‘tar kechasi o‘t qo‘yish natijasida sodir bo‘lgan, deb xabar bermoqda «Na ObGESe (Novosibirsk)» Telegram-kanali. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, noma’lum shaxslar markazning muzey xonasiga oynani sindirib, yonayotgan mato tashlagan, shundan so‘ng signal chalinib, qo‘riqchilar yong‘inni o‘chirishgan.
Politsiya hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda. «NDN.Info» nashri shahar kengashi deputati Svetlana Kaverzinaga tayanib, o‘z navbatida, yong‘in fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini qayd etdi.
«Yaqinda resurs markazida gumanitar yordam yig‘ildi va faollar safarbar qilinganlar uchun kamuflyaj to‘rlarini to‘qishayotgan edi», deb yozadi «Na ObGESe (Novosibirsk)» kanali. Shuningdek, u xuddi shu markazga o‘t qo‘yishga urinish taxminan bir hafta oldin ham kuzatilganini, biroq muvaffaqiyatsiz bo‘lganini eslaydi.
So‘nggi oylarda Rossiyada Ukrainaga qarshi urushga safarbarlik fonida harbiy ro‘yxatga olish va komissarlik binolari bir necha bor yoqib yuborildi, buning natijasida jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Yanvar oyi oxirida Markaziy okrug harbiy sudi ana shunday ishlardan biri bo‘yicha qaror chiqardi va Vladislav Borisenkoni Nijnevartovskdagi harbiy komissarlikka o‘t qo‘ygani uchun terakt sodir etganlikda ayblab, 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025