Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 10 martdan isitish davri yakunlanadi
Toshkent shahrida 10 mart kunidan 2022-2023 yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, xonalarni isitish ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasini berishda yetkazib beruvchi isitish davrini Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boshlaydi va tamomlaydi.
Qarorga ko‘ra, isitish davri tashqi havoning o‘rtacha sutkalik harorati 8 darajadan past bo‘lgan 5 kunlik davr tamom bo‘lgan kundan keyingi kundan boshlanishi, 8 darajadan yuqori bo‘lganda esa tamomlanishi kerak.
Mart oyidan havo harorati isigani va o‘rtacha sutkalik harorat 10 darajadan yuqori bo‘layotganini inobatga olgan holda, 2023 yilning 10 mart kunidan 2022-2023 yilgi isitish davri yakunlanishi rejalashtirilyapti.
Toshkent shahrida 2022 yil 24 oktyabrdan ko‘p qavatli uylarni isitish boshlangan edi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025