Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyenevada «Markaziy Osiyo – o‘lim jazosidan xoli mintaqa» tashabbusi bo‘yicha kelishuvga erishildi
Jyenevada BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 52-sessiyasining Yuqori darajadagi segmenti majlisi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘uliston delegatsiyalari rahbarlari hamda «O‘lim jazosiga qarshi xalqaro komissiya» NNT mutasaddilari ishtirokida alohida tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Tadbir davomida Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘ulistonni o‘lim jazosidan xoli mintaqaga aylantirish masalasi yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov o‘z nutqida «Yashash huquqi — har bir insonning tabiiy huquqi bo‘lib, unga bu huquqni davlat emas, balki Yaratganning o‘zi ato etgan», deya O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Tadbir ishtirokchilari Markaziy Osiyoni o‘lim jazosidan xoli mintaqaga aylantirish tashabbusini birgalikda ilgari surish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 27 fevral – 4 mart kunlari Jyeneva shahrida (Shveytsariya) BMT Inson huquqlari kengashining (IHK) 52-sessiyasi Yuqori darajadagi segmenti ishida ishtirok etdi.
Mavzuga oid
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
14:20 / 15.10.2024
Yerni noqonuniy egallab olish bo‘yicha qo‘llangan jazo choralari aytildi
16:05 / 03.08.2024
Sudlar “amnistiya” vositasiga aylantirib olgan modda. Nega jazoning muqarrarligi ta’minlanmayapti?
08:53 / 23.05.2024