Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan deportatsiya qilingan migrantlar amnistiya etilishi mumkin
Mayda qonunbuzarlik uchun deportatsiya qilingan migrantlarga yengillik berish masalasi muhokama etilmoqda.
Ilgari mayda qonunbuzarligi uchun deportatsiya qilingan mehnat migrantlarining amnistiya qilinishi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalaridagi kadrlar bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga yordam beradi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasining iqtisodiy siyosat bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Artyom Kiryanov gapirdi.
«Albatta, biz noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangan shaxslarni qaytarish zarurligi haqida gapirmayapmiz. Ammo, masalan, Rossiyada bo‘lish shartlarini buzgan yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan, lekin hech kimga zarar yetkazmaganlarga amnistiya qo‘llanilishi mumkin, menimcha», dedi Kiryanov.
Davlat Dumasi deputati Vladimir Resin ham ushbu masalani ko‘rib chiqish haqida gapirdi.
«Qurilish vazirligi va hukumat vaziyatni kuzatib bormoqda va agar kerak bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘rishga tayyor. Masalan, bir paytlar migratsiya rejimini buzgani uchun chiqarib yuborilgan mehnat migrantlariga nisbatan amnistiya e’lon qilish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda», dedi Resin.
Avvalroq, Rossiyadan deportatsiya qilingan xorijlik quruvchilar uchun amnistiya zarurligini «Nostroy» kompaniyasi prezidenti Anton Glushkov ham ta’kidlagan edi.
«Menimcha, hozir Rossiya hududidan deportatsiya qilingan xorijiy ishchi kuchi masalalarida amnistiya deb ataladigan mexanizmni ishlab chiqish vaqti keldi. Chunki xorijiy ishchi kuchi kerak, ularda Rossiyada ishlash tajribasi, ko‘nikmalari bor», dedi Glushkov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda Rossiyada 6,5 millionga yaqin quruvchi ishlagan, 2030 yilda esa qurilish industriyasini rivojlantirish maqsadlarini hisobga olgan holda ularning soni 8 millionga yetishi kerak.
Rossiyadan deportatsiya qilingan migrantlarning qachon amnistiya etilishi hozircha ma’lum emas.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025