Jahon | 15:19 / 08.03.2023
17237
5 daqiqa o‘qiladi

Frontdagi shifokorlar va g‘arbga jo‘nayotgan evakuatsiya poyezdlari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 377-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Die Zeit nashri yozishicha, nemis tergovchilari «Shimoliy oqim» gaz quvurlarida diversiya uchun foydalanilgan kemani aniqlagan. Diversiya guruhi olti kishidan iborat bo‘lgan, ammo ular kimligi va portlashlarni kim buyurtma qilgani hozircha aniq emas.
  • The New York Times nashri yozishicha, Amerika razvedkasi «Shimoliy oqim»ga hujum ortida qandaydir «ukrainparast guruh» turgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Shu bilan birga, razvedkada hodisaga mamlakat rahbariyati aloqadorligi yoki diversantlar qaysidir mulozim ko‘rsatmasiga asosan harakatlangani bo‘yicha dalil yo‘q.
  • Ukrainaga BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish keldi. U 8 mart kuni Volodimir Zelenskiy bilan uchrashadi va boshqa masalalar qatori bug‘doy kelishuvi muddatini uzaytirishni muhokama qiladi.
  • Rossiya va Ukraina asirlar almashinuvini amalga oshirdi. 90 nafar rossiyalik va 130 nafar ukrain harbiy xizmatchisi asirlikdan qaytdi.
  • Lukashenko go‘yoki Minsk yaqinidagi aerodromda rossiyaliklar harbiy samolyotini portlatishga urinishga aloqador bo‘lgan «Ukraina maxsus xizmatlari terrorchisi» ushlanganini aytdi. Ukraina TIV hodisaga aloqadorligini inkor etmoqda.
  • NATO razvedkasiga ko‘ra, Rossiya qo‘shini Donetsk oblastidagi Baxmut shahri uchun janglarda ukrainlarga qaraganda besh barobar ko‘p askar yo‘qotmoqda.
  • Ukraina xavfsizlik xizmati bosh tergov boshqarmasi «Slava Ukraine» so‘zlarini aytganidan keyin o‘ldirilgan qurolsiz harbiy asirning qatl etilishi fakti yuzasidan tekshiruv boshladi. Ukraina qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganning ismi-sharifi — Timofey Shadura. Ukrainalik jurnalist Yuriy Butusov esa boshqa nomni aytmoqda — Oleksandr Matsiyevskiy.

Rossiya armiyasi dala hospitali

Janubiy harbiy okrug maxsus tibbiy bo‘linmasi xodimlari annexia qilingan «DXR»dagi dala hospitalida yaradorga yordam ko‘rsatmoqda.
Anatoliy Jdanov / Kommersant’ / Sipa USA / Vida Press
Anatoliy Jdanov / Kommersant’ / Sipa USA / Vida Press
«DXR»dagi dala hospitali devorida harbiylarga kelgan maktublar
Anatoliy Jdanov / Kommersant’ / Sipa USA / Vida Press
Anatoliy Jdanov / Kommersant’ / Sipa USA / Vida Press
Dala hospitalidagi yarador harbiy, 6 mart. Donetsk oblasti
Anatoliy Jdanov / Kommersant’ / Sipa USA / Vida Press

Baxmutda oldingi chiziqdagi ukrain artilleriyachilari 

Baxmut atrofidagi ukrain askarlari o‘ziyurar gaubitsadan rossiyaliklar pozitsiyasini o‘qqa tutmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Vuhledar atrofidagi ukrain askarlari

 

Vuhledar atrofidagi pozitsiyada snayper vintovkasi tutib turgan ukrain harbiysi. Donetsk oblasti janubidagi ushbu shahar Ukraina armiyasi nazoratida qolmoqda. Anneksiya qilingan «DXR» rahbari yanvar oyi oxirida Rossiya qo‘shini Vuhledarga kirganini xabar qilgandi, ammo Ukraina tomoni bu ma’lumotni rad etdi. Fevral oyi oxirida Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shini shaharga yangi yurish boshlashga tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

 

Ukraina ko‘ngillilar armiyasi harbiylari — bu «Pravyy sektor» harakati bazasida tuzilgan bo‘linma, — Vuhledar atrofidagi pozitsiyadagi lager yerto‘lasida qurollarni jangga tayyorlamoqda.
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina ko‘ngillilar armiyasi jangchisi Vuhledar atrofidagi pozitsiyadagi lager yerto‘lasida snayper vintovkasini tozalamoqda. 
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

«Chegarasiz shifokorlar» evakuatsiya poyezdi 

«Chegarasiz shifokorlar» tashkiloti xodimlari Pokrovskda bemorni tibbiy poyezdga olib chiqishmoqda — sostav patsiyentlarni front chizig‘i atrofidan nisbatan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qiladi. Pokrovsk Baxmutdan taxminan 70 kilometr masofada joylashgan.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Pokrovskda Qizil Xoch xodimlari bemorlarni «Chegarasiz shifokorlar» poyezdida jo‘nab ketishga tayyorlamoqda.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
«Chegarasiz shifokorlar» xodimi front chizig‘idan evakuatsiya oldidan jabrlangan ayolga tibbiy poyezdda yordam ko‘rsatmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid