2046 yilda Yer bilan to‘qnashishi mumkin bo‘lgan asteroid haqida xabar berildi
Uning diametri qariyb 50 metr bo‘lib, olimpiya suzish basseyni o‘lchamiga teng.
Yevropa kosmik agentligi (ESA) qoshidagi Yerga yaqin obektlarni muvofiqlashtirish markazi «xatarlar ro‘yxati»ga 2023DW nomini olgan yangi asteroidni qo‘shdi.
Uning diametri qariyb 50 metr bo‘lib, olimpiya suzish basseyni o‘lchamiga teng. To‘qnashuv 2046 yil 14 fevralda yuz berishi mumkin.
To‘qnashuv ehtimoli 1/625 nisbatga ega, bu ilmiy standartlar bo‘yicha juda yuqori hisoblanadi.
Hozir Markazning «xatarlar ro‘yxati»da 1449 ta obekt bo‘lib, 2023DW asteroidi to‘qnashuv ehtimolligi bo‘yicha 10-o‘rinda, ehtimolligi yuqori bo‘lgan 200 ta jism orasida kattaligi bo‘yicha birinchi o‘rinda.
Hozircha asteroidning aniq shakli noma’lum. Bundan tashqari, tadqiqot yaqinda boshlandi, kelajakda yanada aniqroq hisob-kitoblar Yer bilan to‘qnashuv imkoniyati kamroq ekanini ko‘rsatishi ham mumkin.
50 metrli asteroid halokatli zarar yetkazuvchi jism hisoblanmaydi. Ammo agar xatar saqlanib qolsa, NASA yoki boshqa agentliklar asteroid orbitasini o‘zgartirish va to‘qnashuvning oldini olish uchun DART kabi zondni fazoga uchirib, asteroidni parchalashi mumkin.
Mavzuga oid
16:51 / 16.11.2024
Bundan 50 yil oldin o‘zga sayyoraliklarga birinchi xabar yuborilgandi. Unda nimalar yozilgan?
20:25 / 14.11.2024
Kichik asteroid Yer bilan to‘qnashishdan atigi ikki soat oldin aniqlandi
00:35 / 08.10.2024
ESA 2022 yilda yo‘nalishi o‘zgartirilgan asteroidga o‘z missiyasini uchirdi
20:47 / 03.10.2024