O‘zbekiston | 08:06 / 12.03.2023
10914
1 daqiqa o‘qiladi

Chimyondagi dam olish maskani yaqinida qor ko‘chkisi yuz berdi

Toshkent viloyatining Chimyon tog‘ dam olish maskani yaqinida qor ko‘chki hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Telegram’dagi «Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma’ruzalar kanali»da ma’lum qilindi.

Chimyon qor ko‘chki stansiyasi mutaxassisga ko‘ra, havo haroratining yuqori ko‘tarilishi fonida 11 mart soat 09:20 da Bo‘stonliq tumani Chimyon tog‘ dam olish maskani Oqsoy havzasining 7- va 8-lotok qismlarida qor ko‘chki tushgan. Biri 50 000 kub metr, ikkinchisi — 10 000 kub metrga yaqin. Hodisadan jabrlangan yoki halok bo‘lganlar yo‘q.

«Fuqarolardan Chimyon va Amirsoy tog‘ dam olish maskanlariga chiqishda ehtiyot choralari ko‘rilishi talab etiladi. Hozir harorat foni juda yuqori, qor ko‘chki hodisalari faollashadigan davr», — deya ogohlantiradi kanal muallifi.

Mavzuga oid