Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 14 yoshli qiz o‘zini yuqori qavatli uy tomidan tashlamoqchi bo‘ldi
Bunga u o‘gay otasi bilan janjallashib qolgani sabab bo‘lgan.
Farg‘ona shahrida 14 yoshli o‘quvchi qiz o‘zini 16 qavatli uyning tomidan tashlamoqchi bo‘ldi. Bosh prokuratura holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Xabarga ko‘ra, 14 yoshli qiz D.K. o‘gay otasi bilan janjallashib qolgan. Buning oqibatida Farg‘ona shahri Tarona ko‘chasida joylashgan 16 qavatli uyning tomiga chiqib olgan hamda u yerdan o‘zini pastga tashlab, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan.
Voqea joyiga borgan Farg‘ona shahar IIB va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari D.K.ni tomdan sog‘-omon tushirib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:31 / 24.05.2025
Yangi hayotga qadam: so‘nggi qo‘ng‘iroqdan reportaj
13:19 / 20.01.2025
Farg‘ona shahri markazida 11 tup daraxt ruxsatsiz kesib tashlandi
11:06 / 03.11.2024
Farg‘onada ariqdan erkak kishining jasadi topildi
18:05 / 25.10.2024