O‘zbekiston | 20:36 / 12.03.2023
18987
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

Tojikistonda 12 mart kuni soat 20:26 da 4,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi O‘zbekistonning ikki viloyatida sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.

Zilzila koordinatalari: 39,31 gradus shimoliy kenglik; 67,54 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 10 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 260 km janubiy-g‘arbda. 

Zilzilaning O‘zbekistonda sezilish kuchi quyidagicha:

  • Samarqand viloyatida 3 ball, 63 kilometr.
  • Jizzax viloyatida 2-3 ball, 93 kilometr.

12 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:32 da Tojikistonda 4 balli yana bir zilzila sodir bo‘lgan.

Mavzuga oid