Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniyada rossiyaparast siyosatchi hibsga olindi
Ayvo Peterson va uning ikki sherigi «jinoyat sodir etish maqsadida» xorijiy davlat bilan aloqalarni saqlab qolishda gumon qilinmoqda. Ular ikki oyga hibsga olingan.
Estoniyada Koos («Birgalikda») harakatining qayta-qayta Rossiyani qo‘llab-quvvatlagan yetakchisi Ayvo Peterson va ikki erkak «jinoyat sodir etish maqsadida xorijiy davlat, xorijiy tashkilot yoki uning nomidan ish yurituvchi shaxs bilan aloqalar o‘rnatishda» gumon qilinib hibsga olindi. Bu haqda 11 mart, shanba kuni Estoniya OAV xabar berdi. Estoniya qonunchiligining ushbu jinoiy moddasi bo‘yicha aybdor deb topilganlar olti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Estoniya milliy teleradiokompaniyasi ERR xabariga ko‘ra, qo‘lga olish 10 martga o‘tar kechasi xavfsizlik politsiyasi tomonidan amalga oshirilgan. Peterson bilan birga hibsga olingan yana ikki kishining ismi - Dmitriy Rootsi va Andrey Andronovdir. Ulardan birinchisi, Peterson kabi, Estoniya fuqarosi. Andronov Rossiya fuqarosi va Estoniyada doimiy yashash uchun ruxsatnomaga ega.
Prokuratura matbuot kotibi Qayri Kyungasning so‘zlariga ko‘ra, sud davlat prokuraturasining so‘rovini qanoatlantirdi va jinoyatda gumonlarni asosli deb topdi. Sud qaroriga ko‘ra, erkaklar ikki oygacha hibsga olinishi kerak. Qaror hali kuchga kirmagan va Tallin tuman sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
Mart oyi boshida Ayvo Peterson Estoniya shimoli-sharqidagi, asosan, rusiyzabonlar yashovchi Ida-Virumaa mintaqasida Estoniya Birlashgan so‘l partiyasi ro‘yxati bo‘yicha Estoniya parlamenti - Riygikogu deputatligiga nomzodini qo‘ydi. Unga 3969 ta ovoz berilgan, biroq bu deputatlik mandatini olish uchun yetarli emas.
Fevral oyi oxirida Peterson rus qo‘shinlari tomonidan bosib olingan Donetskka tashrif buyurdi va Rossiya televideniyesida - Vladimir Solovyov dasturida paydo bo‘ldi.
Mavzuga oid
13:17 / 19.05.2025
Estoniya Rossiyani neft tankerini qo‘lga olganlikda aybladi
15:19 / 16.05.2025
Estoniya Rossiyani mamlakat havo hududini buzganlikda aybladi
21:39 / 28.04.2025
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda
19:12 / 23.04.2025