Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida kam bulutli, quruq ob-havo kuzatiladi
Ushbu hafta davomida respublika hududi bo‘yicha asosan kam bulutli, quruq ob-havo bo‘ladi.
Kechagi sovuqdan so‘ng, bugun kunduz kuni havo isiy boshlaydi va haftaning o‘rtasiga kelib, kunduzgi havo harorati +22...+25 darajaga yetadi, janubda ba’zi joylarda +26...+28 darajagacha bo‘ladi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, haftaning ikkinchi yarmida Qozog‘iston bo‘yicha o‘tayotgan antitsiklon respublika hududi bo‘yicha kunduzgi havo haroratini +18...+20 darajagacha biroz pasaytiradi.
15–16 mart kunlari respublika shimoliy va cho‘l hududlarida shamol tezligi 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi kutilmoqda. 13–15 mart kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Poytaxtda bugun kunduzi va hafta oxirigacha havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqiy yo‘nalishda o‘rtacha tezlikda esadi. Havo harorati asosan +18...+22 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
22:27 / 22.05.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi
13:12 / 21.05.2025