O‘zbekiston | 19:05 / 14.03.2023
15563
1 daqiqa o‘qiladi

Neyrotarmoq O‘zbekiston shaharlarini inson qiyofasida tasvirladi

Midjourney Termiz, Buxoro, Urganch, Nukus va O‘zbekistonning boshqa shaharlari aholisining tarixiy ildizlarini aks ettiruvchi tasvirlarni namoyish etdi.

Hook.report jamoasi Midjourney neyrotarmog‘iga O‘zbekistonning turli shaharlarining insoniylashtirilgan portretlarini yaratish vazifasini qo‘ydi. Natijada har bir mintaqaga xos bo‘lgan odamlarning o‘ziga xos xususiyatlari aks etgan rang-barang fotogalereya paydo bo‘ldi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Publikatsiya ot Xuk (@hook.report)

Neyrotarmoqda Termiz, Buxoro, Xiva, Toshkent va Farg‘onadagi O‘zbekiston qizlari qiyofasi sharqona kiyimdagi rang-barang bezaklar, katta taqinchoqlar bilan aks ettirilgan, fonda tarixiy elementlar bilan ramziy obektlar tasvirlangan.

Shu bilan birga, Urganch, Nukus va Samarqand keksalar timsolida bu hudud aholisining tarixiy ildizlari aks ettirilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid