Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yashnoboddagi maktabda yuzaga kelgan holat bo‘yicha ish prokuraturaga oshiriladi
152-maktabda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida yuzaga kelgan nizoli holatni o‘rganish ishlari yakunlandi, endilikda yig‘ilgan ma’lumotlar prokuraturaga oshirilishi kutilmoqda.
Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova topshirig‘i bilan shakllantirilgan ishchi guruh tarkibida vazirlikning huquqshunoslari, axborot xizmatidan xodimlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi bosh boshqarmasidan vakillar bo‘lgan.
Ammo jamoatchilikdan hech kim qatnashmagan. Vaholanki, vazirlik rasmiy munosabatida o‘rganishlarda jamoatchilikdan ham odamlar qatnashishi aytilgandi.
Shuningdek, manbaga ko‘ra, mas’ullardan iborat ishchi guruh 152-maktabdagi ta’lim jarayoni, dars sifati, moliyaviy tomonlarini kompleks o‘rgangan.
“O‘rganish davomida materiallar yig‘ilib, huquqiy baho berish uchun prokuraturaga oshirilishi kutilmoqda. Yakuniy xulosa prokuraturaning o‘rganishidan keyin bo‘ladi”, dedi manba.
Eslatib o‘tamiz, pedagog va bolaning o‘zaro janjali aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, 11 mart kuni maxsus ishchi guruh tuzilgandi.
Mavzuga oid
14:48 / 06.05.2025
Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi
15:45 / 18.03.2025
Toshkentda noma’lum shaxs 12 yoshli qizga hamla qildi. U ruhiy xasta ekani ma’lum bo‘ldi
17:27 / 27.02.2025
Salla desa kallani... Yashnobod hokimligi fuqaroning qonuniy uyini buzib tashladi
15:00 / 12.01.2025