Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston bilan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilinadi
O‘zbekiston bilan Qozog‘iston hukumati o‘rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim tasdiqlandi.
«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston bilan Qozog‘iston hukumati o‘rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2022 yil 22 dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Tabiat resurslari vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Avvalroq, «Yashil Markaziy Osiyo» tashabbusi doirasida Markaziy Osiyodagi barcha muzliklarni monitoring qilish va modellashtirish bo‘yicha yagona hujjat ishlab chiqish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
23:00 / 04.11.2024
“Afsus, vijdon issiqxonada o‘smaydi" - Sherzodxon Qudratxo‘janing posti e’tirozlarga sabab bo‘ldi
10:56 / 03.11.2024