Qrimda bayram, Baxmutda janglar davom etmoqda. Urush suratlari
Ukrainada urushning 386-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Polsha G‘arb mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib Ukrainaga jangovar samolyotlar yetkazib berishi haqida e’lon qildi. Kiyev yil davomida o‘ndan ortiq MiG-29 samolyotlarini oladi.
- Rossiyaning kamida 40 regioni aholisiga «ma’lumotlarni aniqlashtirish» uchun harbiy komissariatlarga chaqiruv qog‘ozlari yuborildi.
- Yevgeniy Royzman Navalniy jamoasi ramzini namoyish etish ishi bo‘yicha 14 kun muddatga qamoqqa olindi. U shuningdek armiyani «obro‘sizlantirish»da ayblanmoqda.
- YeXHT Rossiyaning Baxmut uchun janglardagi yo‘qotishlarini 20–30 ming kishiga (o‘lganlar va yaralanganlar) baholadi.
- 2022 yilda Armanistonga 100 mingdan ortiq rossiyalik kelgan (ular shu yerda yashab qolgan). Bu mamlakat bir yillik YaIM o‘sishining to‘rtdan bir qismini ta’minladi.
Qrim qo‘shilishning 9 yilligi arafasida
18 mart kuni Rossiya hukumati Qrim annexiasining to‘qqiz yilligini nishonlaydi. Yarimorolda mazkur hudud Rossiya tarkibiga «qaytgan» kunni yodga soluvchi bilbordlar paydo bo‘lgan. Bu yil «Lujniki»da ushbu sana munosabati bilan har yilgi miting-konsert o‘tkazilmaydi, ammo Qrim shaharlarida aksiyalar boshlab yuborilgan.
Ukraina hukumati bir necha bor Rossiya bilan urush faqat annexia qilingan barcha hududlar, jumladan Qrim ham deokkupatsiya qilinganidan keyin tugashi mumkinligini ma’lum qilgan. 2022 yil kuzida yarimorolni Rossiyaning materik qismi bilan bog‘lovchi Qrim ko‘prigida (bu loyiha Vladimir Putin uchun juda qadrli) portlash ro‘y berdi. Tergov versiyasiga ko‘ra, portlovchi qurilma Odessadan Bolgariya, Gruziya, Armaniston va Rossiya chegaralari orqali olib kelingan qurilish materiallari yuklangan yuk mashinasiga joylashtirilgandi.
Keyingi kuni RF tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin ko‘prikni portlatish tashkilotchilari — Ukraina maxsus xizmatlari bo‘lganini ma’lum qildi, terakt haqidagi modda bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Qrim ko‘prigidagi portlash ortida Ukraina maxsus xizmatlari turgani haqidagi gaplarni inkor etgan.
Ukrainalik minomyotchilarning Baxmut atrofidagi pozitsiyasi
Baxmutda janglar 2022 yil yozidan buyon davom etmoqda, so‘nggi oylar mobaynida shahar Ukrainaning eng qaynoq nuqtasi bo‘lib qolmoqda. Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilari hisoblashicha, Rossiyaning Baxmutga yurishi kulminatsiya pallasiga yaqinlashmoqda va RF armiyasi bu yo‘nalishga yanada ko‘proq zaxira kuchlarni tashlashiga to‘g‘ri keladi.
Ukraina qurolli kuchlari sharqiy guruhi spikeri Sergey Cherevatiy 16 mart kuni bir kun ichida Baxmut hududida rossiyalik 225 harbiy o‘ldirilgani, yana 306 nafari yaralanganini aytdi. Rossiya tomoni bu ma’lumotga izoh bermadi. YeXHT ham shu kuni Rossiyaning Baxmutdagi yo‘qotishlarini baholadi: tashkilotdagilarning tasdiqlashicha, 2022 yil mayidan buyon bu yerda 20–30 ming kishi halok bo‘lgan. YeXHTdagi Britaniya delegatsiyasining katta harbiy maslahatchisi Yan Stabbsga ko‘ra, har bir bosib o‘tilgan kilometr uchun rossiyalik 800 nafar askaridan ayrilmoqda (yaralanganlar bilan qo‘shib hisoblanganda), ularning aksari — «Vagner» XHK a’zolaridir. NATOning mart oyi boshidagi ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaning Baxmut atrofidagi yo‘qotishlari soni Ukrainanikidan besh barobar ko‘proq.
Ukraina hukumati baholariga ko‘ra, Baxmutda evakuatsiyadan bosh tortgan yoki keta olmaydigan yana bir necha ming kishi qolgan: keksa yoshli kishilar va ularning qarindoshlari. Quyida ukrain harbiy xizmatchilari vayron bo‘lgan shaharni qanday himoya qilayotgani aks etgan suratlar.
Frontdagi ukrain shifokorlari
Xarkiv oblasti hududini minalardan tozalash jarayoni
2022 yil aprelida, Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan ikki oy o‘tgan davrdayoq Ukraina dunyoning eng ko‘p minalangan mamlakatlaridan biri sifatida tan olingandi. Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatiga (FVDX) ko‘ra, mina va o‘q-dorilar mamlakat hududining qariyb yarmini ifloslantirgan bo‘lishi mumkin. Ukrainaning o‘tgan yil avgusti o‘rtalariga qadar minalar aniqlangan hududlarini tozalash uchun, Ukraina IIV prognozlariga ko‘ra, besh yildan o‘n yilgacha vaqt talab etilishi mumkin.
Kiyevda rus-ukrain do‘stligi yodgorligining hozirgi ko‘rinishi
Mavzuga oid
21:05 / 10.11.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
20:11 / 10.11.2024
Rossiya Kursk oblastiga hujum uchun 50 ming kishilik qo‘shin to‘pladi - NYT
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
13:30 / 10.11.2024