Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» yetakchisi Afg‘onistonda nasha yetishtirishni taqiqladi
Sudlarga jinoyatchilarni «shariat qonunlari asosida jazolash» topshirildi.
Afg‘onistondagi «Tolibon» harakati yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda butun mamlakat bo‘ylab kanop (nasha) yetishtirishni taqiqladi. Bu haqda hukmron rejimning rasmiy vakili Zabiulloh Mujohid ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi. «Tolibon» Afg‘onistonni 2021 yil avgustida egallab olgan.
«Tolibon» yetakchisining farmonida aytilishicha, «butun mamlakat bo‘ylab kanop yetishtirish qat’iyan man etiladi, shundan keyin hech kim o‘z yeriga kanop eka olmaydi, agar kimdir o‘z yeriga kanop eksa, u yo‘q qilinadi». Bu haqda Darivoa yozdi.
«Tolibon» rahbari, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi va tergov organlariga jinoyatchilarni javobgarlikka tortish, sudlarga esa «ularni shariat qonunlari asosida jazolash»ni topshirgan.
Hujjat tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va rasmiy gazetada e’lon qilinadi.
2022 yil dekabr oyida Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi mamlakat bo‘ylab ko‘knori yetishtirish taqiqlanganini e’lon qilgan edi. Ko‘knorining yetilmagan dukkaklaridan opiy olinadi - quyuqlashgan sutli sharbat, undan morfin va kodein ajratiladi.
Afg‘oniston dunyodagi eng ko‘p afyun ishlab chiqaruvchi va eng ko‘p nasha yetishtiruvchi davlatlardan biridir. Mamlakatda nasha ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ishonchli ma’lumotlar yo‘q.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025