Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:00 / 19.03.2023
31114
4 daqiqa o‘qiladi
Rossiya Baxmut atrofidagi shaharlarga zarba bermoqda, Ukraina HIMARS bilan javob qaytardi. Urush suratlari
Ukrainada urushning 388-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Putin uch yil ichida ilk bor annexia qilingan Qrim yarimoroliga keldi. Bu Ukrainaning ushbu hududi Rossiya tarkibiga qo‘shib olinganining to‘qqiz yilligida ro‘y berdi. Sevastopol gubernatori Mixail Razvojayev prezidentning tashrifini kutilmagan deb atagan va Putin avtomobilni o‘zi boshqarganini aytgan.
- Rossiya prezidenti ko‘p o‘tmay Ukrainaning Mariupol shahrida ham ko‘rinish berdi. Bu uning Donbassga ilk bor kelishi bo‘ldi.
- AQSh Qora dengiz ustida parvozlarni tikladi, bu jarayon amerikaliklar droni Rossiyaning Su-27 qiruvchisi bilan to‘qnashib qulashidan keyin to‘xtatilgandi.
- AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 21 mart kuni moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha hibsga olinishi mumkinligini aytdi va tarafdorlarini namoyishlar o‘tkazishga chaqirdi
- AQSh Ukrainadagi urush boshlanganidan keyin to‘xtatilgan Rossiyaga deportatsiya amaliyotini tikladi. Lekin bu haqda mahalliy rasmiylar rasman e’lon qilishmagan. Ammo 18 mart kuni ma’lum bo‘lishicha, bir necha kun oldin AQShdan bir necha kishi Rossiyaga qaytarib yuborilgan, bular safarbarlikdan qochganlar va boshpana olishga uringanlar edi.
Kramatorsk
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Zaporijjya
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Avdiyivka
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastining Xarsisk shahriga zarba berilishi oqibatlari
Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETA
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETA
Baxmut atrofidagi ukrain askarlari






Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025