Jahon | 09:59 / 20.03.2023
7220
2 daqiqa o‘qiladi

Vashington Ukrainada sulh tuzish chaqirig‘iga rozi bo‘lmaydi

AQSh ma’muriyati Ukrainada sulh tuzish haqidagi chaqiriq Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinping uchrashuvidan keyin aytilsa, bunga rozi bo‘lmaydi. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qildi. 

Foto: Reuters

Uning so‘zlariga ko‘ra, sulh Rossiya rahbariyatiga yangi hujumga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘proq vaqt berishi mumkin.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya o‘t ochish to‘xtatilishidan yangi hujum uchun foydalanishi haqida gapirib o‘tgandi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi a’zolari Ukrainada «vaqtinchalik yoki sharsiz o‘t ochishni to‘xtatish» taklifi bilan chalg‘imasliklari kerak, chunki Rossiya bunday harakatdan kuchlarni qayta ta’minlash va yana hujum qilish uchun foydalanadi, degan u.

«BMT Xavfsizlik kengashi vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish yoki oldindan shartlarsiz o‘t ochishni to‘xtatish chaqiriqlari bilan chalg‘imasligi kerak. Rossiya noqonuniy egallab olingan hudud ustidan nazoratni mustahkamlash va keyingi hujumlar uchun o‘z kuchlarini qayta qurollantirish uchun harbiy harakatlar to‘xtatib turilishidan foydalanadi», - degandi Blinken Xavfsizlik kengashi «adolatli va mustahkam tinchlik»ni ta’minlashi kerakligini ta’kidlab.

Bunday «sulh» 2015 yilda sodir bo‘lgan, deb eslaydi Blinken: «Qarang, keyin nima bo‘ldi». Bir vaqtning o‘zida mamlakatlarning Ukraina va Rossiyaga harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqiriqlarini u «yolg‘on tenglashtirish» deb atadi. «Bu urushda tajovuzkor ham bor, qurbon ham bor. Rossiya bosqinchilik uchun kurashmoqda, Ukraina ozodlik uchun kurashmoqda. Agar Rossiya urushni to‘xtatsa, boshqa urush bo‘lmaydi. Ukraina urushni to‘xtatsa - Ukraina bo‘lmaydi», — deya xulosa qildi Blinken.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid