Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Rossiya Dumasining 20 deputati sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Ular Ukraina hududiy yaxlitligiga tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi.
Ukraina Bosh prokuraturasi Rossiya Davlat dumasining 20 nafar deputati mamlakatning «hududiy yaxlitligiga tajovuz qilgani» uchun mol-mulki musodara qilinib, sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilingani haqida xabar berdi.
«Ukrainaning hududiy yaxlitligi va daxlsizligini buzgani uchun Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining 20 nafar deputatining har biri 15 yil qamoq jazosiga hukm qilindi», deyiladi xabarda. Ularning ismi sharifi keltirilmagan.
Mart oyi boshida Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olish uchun ovoz bergan Rossiya Davlat dumasining 41 deputatiga qarshi ish qo‘zg‘atganini ma’lum qilgandi. Fevral oyida UXX Davlat Dumasining yana 55 deputatiga qarshi ayblov e’lon qildi.
23 dekabr kuni Ukrainada Davlat dumasi deputati, qo‘shiqchi Denis Maydanov Rossiya tomonidan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olish uchun ovoz bergani tufayli mol-mulki musodara qilinib, sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025