Jamiyat | 19:05 / 22.03.2023
35659
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 13 ming o‘rinli yangi jome masjidi ochildi

Olmazor tumanida 2019 yilda qurilishi boshlagan “Islomobod” jome masjidi ochilishi 22 mart kuni bo‘lib o‘tdi. Masjid xonaqohida 8 ming, hovlisi va yon-atrofidagi joylar bilan birga 13 ming namozxonga mo‘ljallangan.

Foto: Kun.uz

22 mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumani “Islomobod” jome masjidi yangi binosi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.

Marosimda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov ishtirok etib, yig‘ilganlarni Ramazoni sharif bilan qutlab, bunday ulkan va ko‘rkam, barcha qulayliklarga ega masjid bilan tabrikladi.

Ma’lumot berilishicha, uch qavatli “Islomobod” jome masjidi Toshkent shahri Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasida joylashgan. 3 qavatli masjid homiylar va saxovatpesha kishilar yordami bilan qad ko‘targan. Qurilish ishlari 2019 yilning oktyabrida boshlangan bo‘lib, masjid xonaqohida 8 ming kishi, hovlisi va yon-atrofidagi joylar bilan birga 13 ming namozxonga xizmat ko‘rsata oladi. Tahoratxonasi 150 kishiga mo‘ljallangan. Bundan tashqari, bino ichida ma’muriyat, kutubxona va shu kabi zarur xonalar ham bor.

eGOvvWC4gAYS5FSksEPJW-nowqjoZ2s8.jpg (1280×960)

WrGXjRJm31kIFmY1iz3Z5LlX1pbJmG84.jpg (1280×960)

NyFRacVa_Lw1TpT8YYh4nCszCULVLe04.jpg (960×1280)

Mavzuga oid