Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainani tiklash 411 milliard dollarga tushadi
Rossiya bosqinidan keyin Ukraina iqtisodiyotini tiklash uchun kamida 411 milliard dollar kerak bo‘ladi, deb hisoblab chiqdi Jahon banki, BMT, Yevropa komissiyasi va Ukraina rasmiylari.
Bu Ukrainaning 2022 yilga mo‘ljallangan yalpi ichki mahsulotidan 2,6 baravar ko‘pdir. O‘tgan yilning sentabr oyida tiklanish qiymati 349 milliard dollarga baholangan edi.
Avvalroq Ukraina va Xalqaro valuta jamg‘armasi 15,6 milliard dollarlik (taxminan 14,5 milliard yevro) yangi moliyalashtirish paketi bo‘yicha kelishib olgandi.
Qo‘llab-quvvatlash dasturi to‘rt yilga mo‘ljallangan, mablag‘lar urushdan keyingi tiklanish sharoitida Ukraina iqtisodiyotining bosqichma-bosqich o‘sishiga hissa qo‘shishi kerak, deyiladi XVJ 21 mart kuni e’lon qilgan bayonotda.
Bayonotda aytilishicha, hali XVJ ijro etuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanmagan kredit paketi Ukrainani Yevropa Ittifoqiga a’zolik yo‘lida qo‘llab-quvvatlaydi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025