Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada o‘zbekistonlik ayol 3 yildan buyon birga yashayotgan eri tomonidan shafqatsizlarcha o‘ldirildi
Erkak ayolning boshiga tosh bilan urib o‘ldirib, so‘ngra uning tanasini qismlarga ajratib sovitkichga solib qo‘ygani aytilmoqda.
Hodisa Istanbulning Bahchelievler tumanida sodir bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarosining o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyat 61 yoshli Rizo Beler ismli erkak tomonidan sodir etilgan.
Turk matbuotidagi ma’lumotlarga ko‘ra, qotillik qurboni bo‘lgan 40 yoshli ayolning ismi esa Umida To‘laganova. Juftlik 2-3 yildan beri birga yashab kelayotgani aytilmoqda.
Rizo Beler prokuraturaga bergan ko‘rsatmasida qilmishidan pushaymon emasligini bildirgan.
“Avvaldan olib kelib qo‘ygan tosh bilan uning boshiga urdim. U yiqildi. Ammo hali tirik edi. Hamma joyi qon edi. Men qo‘llarini kesib oldim. Maqsadim tanasini to‘liq bo‘laklarga ajratib, jasadning hidi chiqmasligi uchun sovitkichga solib qo‘yish edi. Ammo buni amallay olmagach, ertasiga arra sotib olib jasadni qismlarga ajratdim. Men qilmishimdan pushaymon emasman. Faqatgina bu ishni shu oyda sodir etganimdan afsusdaman. U menga tashlanib qoldi. Men esa o‘zim xohlagan ishni qildim. Bu ishni oldindan rejalashtirmaganman”, deb aytgan jinoyatchi.
Xabarlarga ko‘ra, erkak ayolning yelim xaltalarga joylangan jasadini keyinroq turli chiqindi konteynerlariga tashlamoqchi bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Rizo Beler va marhumaning o‘rtasida pul sababli anchadan beri kelishmovchilik bo‘lgan. Erkakning ko‘rsatmasiga ko‘ra, u Umida To‘laganovadan 17 ming lira qarz olgan, uni o‘z vaqtida qaytarolmagani uchun o‘rtada janjal yuzaga kelgan. Uyda janjal ovozi eshitilgan, shundan keyin qo‘shnilar politsiyaga murojaat qilgan.
Mavzuga oid
15:02 / 23.05.2025
Istanbulda O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
13:33 / 17.05.2025