Xandaqlarda turgan va oilasi bilan uchrashayotgan askarlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 393-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Yevgeniy Prigojin «Vagner» XHKning Ukrainadagi faoliyatini qisqartirib, yana asosiy e’tiborini Afrikaga qaratmoqchi, deya xabar berdi Bloomberg o‘z manbasiga tayanib. Nashrga ko‘ra, Prigojin RF mudofaa vazirligi kompaniyani mahbuslarni yollash imkoniyatidan mahrum etgani va o‘q-dori yetkazib berishni cheklagani tufayli shunday qarorga kelgan.
- Ukraina Bosh shtabi rossiyaliklar Xerson oblastining Novaya Kaxovka shahrini tark etganini xabar qildi — ammo keyinroq aslida bunday bo‘lmaganini bildirib, «mavjud ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanilgani»ni tan oldi.
- Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning kanselyariyasi rahbari Gergey Guyyash Putin mamlakatga keladigan taqdirda xalqaro order bo‘yicha hibsga olinmasligini ma’lum qildi.
- Slovakiya Ukrainaga va’da qilingan 13 ta MiG-29 qiruvchisidan 4 tasini yubordi. Qolgan samolyotlarni Ukraina qurolli kuchlari yaqin haftalarda qabul qiladi. Shuningdek, Polsha ham o‘z MiG-29 samolyotlarini Ukrainaga yetkazib berishni va’da qilgan.
Zaporijjya oblasti o‘qqa tutilishi oqibatlari
Rossiya qo‘shinining asosiy kuchlari Donbassda yurish qilayotgan mahalda boshqa qismlar Zaporijjya oblastida jangga kirishgan — va muntazam ravishda hududdagi shahar hamda qishloqlarni o‘qqa tutmoqda. Xususan, 19 mart kuni oblast harbiy ma’muriyati 17 ta aholi yashash manzili o‘qqa tutilganini xabar qilgan, 22 mart kuni esa Ukrainaning bir necha oblastiga yoppasiga zarbalar berilganida Zaporijjya shahrida rossiyaliklar raketasi to‘qqiz qavatli uyga kelib urilgandi — tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lib, 34 kishi yaralangan.
Baxmut atrofidagi xandaqlarda turgan askarlar
Donetsk oblastida Baxmut uchun faol janglar davom etmoqda. Ukraina qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy ukrain armiyasi bu yo‘nalishda tez orada yurish boshlashi mumkinligini aytdi — aynan qachonligiga aniqlik kiritilmadi. 22 mart kuni Ukraina armiyasining Baxmut atrofidagi pozitsiyalariga prezident Volodimir Zelenskiy tashrif buyurgandi: u Ukraina qo‘mondonligi hisobotini tinglagan, shuningdek askarlarni mukofotlab, ularga xizmat uchun minnatdorchilik bildirgan.
Donbass vokzallaridagi ukrain askarlari va ularning rafiqalari
Lvivdagi ukrainalik askarlar protez bilan muomala qilishni o‘rganishmoqda
Mavzuga oid
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024