Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik milliarderlar Italiya sudiga mulkni xatlash qaroriga qarshi shikoyat beradi
Rasmiylari sanksiyalarni amalga oshirish doirasida Rossiyadan 2,7 milliard yevro miqdoridagi aktivlarini muzlatib qo‘ygan Italiyada rossiyalik milliarderlar xatlovga olish qaroriga qarshi chiqishga harakat qilmoqda.
Rossiyalik o‘n nafar tadbirkor Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini amalga oshirish doirasida Italiyadagi mol-mulkini musodara qilish qarori bo‘yicha Latsio hududiy ma’muriy sudiga apellyatsiya arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda 26 mart, yakshanba kuni Italiyaning Corriere della sera nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Italiyada jami 2,7 milliard yevro miqdoridagi sanksiyalar ostida Rossiyaning 28 fuqarosining turli aktivlari bloklandi, deb yozadi gazeta. Latsioda sudga da’vo kiritgan ishbilarmonlar, asosan, xatlovga olingan aktivlarning ular bilan isbotlanmagan aloqasi borligini ta’kidlayapti.
Gazeta manbalariga ko‘ra, sud Britaniya Virjiniya orollarida ro‘yxatdan o‘tgan Asmare kompaniyasining Lady M yaxtasini musodara qilish haqidagi arizasini allaqachon rad etgan. Kema, huquqni muhofaza qilish organlari va Yevropa rasmiylariga ko‘ra, aslida "Severstal" direktorlar kengashi raisi Aleksey Mordashovga tegishli.
Italiya moliya politsiyasi yaxtaga egalik qilish zanjirini kuzatib, ofshor kompaniyalar Mordashovning rafiqasi nomiga ro‘yxatdan o‘tgan degan xulosaga keldi, deb yozadi Corriere della sera. «Yaxta haqiqatan ham Mordashovga tegishli ekanligi aniq, hatto mulk uning rafiqasi Marinaga ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa ham», — dedi politsiya vakili nashrga.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025