Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Abdulfattoh as-Sisi oliy darajadagi kelishuvlar ijrosini muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan 27 mart kuni o‘tgan telefon orqali muloqotida oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining tahlili batafsil ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Misr yetakchilari suhbatni muborak Ramazon oyi kirib kelgani bilan bir-birini qutlashdan boshlab, do‘st xalqlarga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining energetika, tog‘-kon, charm va zargarlik tarmoqlari, sog‘liqni saqlash va telekommunikatsiya sohalari kabi yo‘nalishlarda aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirish uchun faol muloqotlarni davom ettirish va qulay sharoitlarni shakllantirish muhimligi qayd etildi.
Shu maqsadda ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazib borish zarurligi ta’kidlandi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
02:18 / 10.05.2025