Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AEXA rahbari: AESga hujum qilish yoki undan hujum uchun foydalanish mumkin emas
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi Rossiya armiyasi tomonidan bosib olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasiga tashrifidan so‘ng yana bir bor ushbu inshootni himoya qilish zarurligini ta’kidladi.
U «atom elektr stansiyasiga hech qanday sharoitda hujum qilinmasligi, shuningdek, hujumlar uchun ishlatilishi kerak emasligi borasida asosiy tamoyil bo‘yicha kelishib olish» muhimligini ta’kidladi.
Avvalroq AEXA bosh direktori Rafael Grossi Zaporijjya AESga (ZAES) yetib borgandi. Bu haqda Ukrainaning «Energoatom» energetika kompaniyasi Telegram’da xabar berdi.
Bu AEXA rahbarining Ukraina va Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasiga u Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan bosib olinganidan beri ikkinchi tashrifidir, deyiladi kompaniya xabarida.
Grossi ZAESdagi vaziyat qanday o‘zgarganini baholashni, uni boshqarayotgan yadro sohasi olimlari bilan muloqot qilishni, shuningdek, 2022 yil sentabr oyidan buyon zavodda ishlayotgan AEXA doimiy missiyasi a’zolari rotatsiyasining kafolati bo‘lishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
16:51 / 13.05.2025
«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi
15:50 / 13.05.2025
O‘zbekiston va AEXA yadroviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kelishib oldi
11:48 / 08.05.2025