Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT suddan mamlakatlarning iqlim bo‘yicha majburiyatini aniqlashtirishni so‘radi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan rezolyutsiya iqlim o‘zgarishi uchun mamlakatlarning javobgarligi bo‘yicha Xalqaro sudning fikrini olishga qaratilgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Haagadagi Xalqaro suddan mamlakatlarning iqlim o‘zgarishi uchun javobgarligi bo‘yicha maslahat xulosasini taqdim etishni, shuningdek, iqlim tizimini parnik gazlar tashlamalaridan himoya qilish bo‘yicha ularning majburiyatlarini aniqlashtirishni so‘radi. Tinch okeanidagi Vanuatu orol davlati tashabbusi bilan rezolyutsiya 29 mart, chorshanba kuni bir ovozdan qabul qilindi.
Rezolyutsiya qabul qilingan Bosh Assambleya yig‘ilishida so‘zga chiqqan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Xalqaro sudning maslahat xulosalari katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. «Bunday xulosa Bosh Assambleya, BMT va a’zo davlatlarga dunyomiz juda zarur bo‘lgan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda yanada dadilroq va qat’iyroq choralar ko‘rishga yordam beradi», dedi u.
Sud maslahat xulosasini chiqarish uchun taxminan ikki yil vaqt ketishi kutilmoqda. Bu fikr hech qanday yurisdiksiyada majburiy bo‘lmaydi, lekin kelajakda iqlim bo‘yicha muzokaralar uchun asos bo‘lishi mumkin. Vanuatu Bosh vaziri Ismoil Kalsakau: «bu iqlim o‘zgarishiga qanday munosabatda bo‘lishimiz, hozirgi va kelajak avlodlarni himoya qilishimizga kuchli va ijobiy ta’sir ko‘rsatadi» dedi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo komissiya bir hafta oldin e’lon qilgan hisobotida, global haroratning xavfli chegaradan 1,5 daraja Tselsiydan oshib ketishining oldini olish uchun shoshilinch choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi. Mutaxassislarning fikricha, hozirgacha qilingan sa’y-harakatlar «iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun yetarli emas», biroq hali ko‘p variantlar mavjud.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025