Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ISW: Chaqiruv Rossiyaning Ukrainadagi kuchlarini to‘ldirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin
Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) navbatdagi sharhiga ko‘ra, Rossiyada 1 apreldan boshlab bahorgi chaqiruv Moskvaning Ukrainada jang qilayotgan bo‘linmalarni to‘ldirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
ISW ekspertlarining fikricha, bu chaqiriluvchilar katta ehtimol bilan Ukrainaga yuborilmaydi, biroq ularga Rossiya Mudofaa vazirligi resurslarini sarflash kerak bo‘ladi, bu esa «Kremlni zaxiradagi askarlar va ko‘ngillilarni tayyorlash imkoniyatidan mahrum qiladi».
Rossiya hukumati harbiy xizmatni tugatayotgan va ma’lum darajada jangovar harakatlarda qatnashishga tayyor bo‘lgan ba’zi askarlarni shartnomalar imzolashga ko‘ndirish yoki majburlash orqali urushga qo‘shimcha kuchlarni jalb qilishga urinishi mumkin, ammo bunday urinish kutilgan natijani berishi dargumon, deb hisoblaydi ISW.
Avvalroq Rossiya prezidenti bahorgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.
Farmonda qayd etilishicha, butun Rossiya bo‘ylab bahorgi chaqiruv doirasida harbiy komissarlar kamida 147 ming rossiyalikni armiyaga yollashi kerak.
Putin 2022 yil bahorida 134,5 ming fuqaroni harbiy xizmatga chaqirgan edi. 2022 yil kuzida esa 120 ming fuqaro harbiy xizmatga chaqirildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025