Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tibbiyot akademiyasiga xalqaro hamkorlik doirasida sun’iy nafas olish uskunalari sovg‘a qilindi
Koreya Eksimbankining O‘zbekistondagi elchixonasi TTAga sun’iy nafas olish apparatlarini taqdim etdi.
30 mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasiga Koreya Eksimbankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili Yo Jaye Hyung va KOFIH tashkiloti vakili Kim Heunlar tashrif buyurishdi.
Mazkur tashkilotlar Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan bir qator loyihalarda hamkorlik qilib kelmoqda. Hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha aniq va samarali harakatlar natijasi sifatida oliygoh talabalari uchun 4 ta sun’iy nafas berish apparati (IVL) sovg‘a tariqasida taqdim qilindi.
Do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda Yoo Jaye Hyung o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va kengaytirish masalalari bo‘yicha doimo tayyorligini bildirdi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi axborot xizmati
Reklama
Mavzuga oid
20:49 / 07.05.2025
Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidagi ta’limni rasvo deb atadi. Vazirlik rad etdi
20:07 / 13.03.2024
Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
10:25 / 29.03.2023
Toshkent tibbiyot akademiyasida Xalqaro onlayn olimpiada bo‘lib o‘tmoqda
14:43 / 24.03.2023