Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yilda Qirg‘iziston chegarasini 4,3 million o‘zbekistonlik kesib o‘tgani ma’lum bo‘ldi
Bu 2021 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‘p.
2022 yil oxirida Qirg‘iziston chegarasini 7,6 million xorijiy fuqaro kesib o‘tgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib 24.kg xabar berdi.
2021 yilga nisbatan bu ko‘rsatkich ikki barobarga yoki 3,6 million kishiga oshgan. 2020 yilga nisbatan chegaradan o‘tishlar soni uch barobardan ko‘proqqa oshgan.
Qirg‘iziston chegarasini eng ko‘p O‘zbekiston fuqarolari kesib o‘tgan – 4,3 mln kishi. Bu 2021 yilga nisbatan 2,3 mln kishiga ko‘pdir. Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston. O‘tgan yili Qirg‘iziston chegarasini 1,8 mln qozog‘istonlik kesib o‘tgan, bu 2021 yilga nisbatan 3,4 barobar ko‘pdir. Chegarani kesib o‘tishlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda Rossiya – 649,9 ming kishi (2021 yilga nisbatan o‘sish – ikki baravar).
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
17:55 / 23.05.2025