Jahon | 15:00 / 03.04.2023
21990
6 daqiqa o‘qiladi

Peterburgdagi portlash va Konstantinovkaga raketa zarbalari. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 403-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Peterburgda «voyenkor» Vladlen Tatarskiyning ijodiy kechasi o‘tayotgan kafeda portlash ro‘y berdi. Tatarskiy halok bo‘lgan, yana 25 kishi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Dastlabki versiyaga ko‘ra, portlovchi qurilma o‘rnatilgan haykalcha kechaga kelgan mehmonlardan biri tomonidan Tatarskiyga berilgan.
  • Anneksiya qilingan Melitopolda lokomotiv deposi Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutildi. Olti kishi tan jarohati olgan.
  • Rossiya qo‘shini Donetsk oblastidagi Konstantinovka shahrini o‘qqa tutdi. Tinch aholi vakillaridan olti kishi halok bo‘lib, yana 11 kishi yaralangan.
  • Kursk oblastining chegaradagi Nikolayevo-Darino qishlog‘ida yetti kishi ukrainalik harbiylar zarbalaridan jabrlangan.
  • AQSh davlat kotibi Entoni Blinken rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Urush davrida bunday kontakt kamdan kam uchraydi. Blinken Wall Street Journal nashrining Rossiyada hibsga olingan jurnalisti Evan Gershkovichni zudlik bilan ozod etishni talab qilgan. Bunga javoban Lavrov josuslik ishini siyosiylashtirmaslikni so‘ragan.

Peterburgda «voyenkor» Vladlen Tatarskiyning o‘limi

2 aprel kuni kechqurun Peterburgdagi Street Food Bar № 1 kafesida portlash ro‘y berdi. Bir kishi halok bo‘lib, 25 kishi jarohatlangan, shundan 19 kishi shifoxonaga yotqizilgan. «Fontanka»ga ko‘ra, kafe avval «Vagner» asoschisi Yevgeniy Prigojinga tegishli bo‘lgan. Dam olish kunlari bu yerda «Kiberfront Z» munozara klubi a’zolari yig‘iladi, 2 aprel kuni kafeda «voyenkor» Vladlen Tatarskiyning (haqiqiy ismi-sharifi — Maksim Fomin) «ijodiy kechasi» tashkillashtirilgan. Bundan tashqari, marosimga Prigojinning o‘zi ham kelishi ehtimoli bo‘lgan.

Tatarskiy halok bo‘ldi. «Fontanka» xabariga ko‘ra, kafeda gipsdan ishlangan byust portlagan, uni «voyenkor»ga mehmonlardan biri sovg‘a sifatida keltirgandi. Sovg‘a berilganidan besh daqiqa o‘tib portlash ro‘y beradi — sovg‘ani olib kelgan qiz esa bungacha kafeni tark etib ulgurgan. Huquq-tartibot organlari 3 aprel kuni Peterburgda Tatarskiyning o‘limida gumonlab, 1997 yilda tug‘ilgan Darya Trepovani qo‘lga oldi.

Rossiya propagandachilari hodisada «ukrain terrorchilari»ni aybladi. Bunga javoban Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixaylo Podolyak portlash «ichki siyosiy kurash»ning namoyon bo‘lishi hisoblanishini aytdi.

Peterburgdagi Street Food Bar № 1 kafesida portlashdan oldin o‘z «ijodiy kechasi»da chiqish qilayotgan Vladlen Tatarskiy
AP / Scanpix / LETA
Portlashdan keyin kafe hududida ishlayotgan tergovchilar
Rossiya tergov qo‘mitasi / Reuters / Scanpix / LETA
Favqulodda xizmatlar xodimlari kafe oldidagi ko‘chada
Anton Vaganov / Reuters / Scanpix / LETA
Street Food Bar № 1 kafesining portlashdan keyingi ko‘rinishi
AP / Scanpix / LETA

Konstantinovkaga zarba

2 aprel kuni Rossiya qo‘shini Donetsk oblastining Konstantinovka shahriga zarba yo‘lladi. Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak bergan ma’lumotga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan olti kishi halok bo‘lib, yana 11 kishi yaralangan. «16 ta ko‘p kvartirali uylar, sakkizta xususiy uy, bog‘chalar, Konstantinovka davlat soliq inspeksiyasi binosi, gaz quvurlari, uchta avtomobil shikastlangan», — deya yozadi Yermak telegram-kanalida. 

Konstantinovka o‘qqa tutilishidan keyin chiqqan yong‘in
Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Halok bo‘lgan tinch aholi vakili jasadi oldidagi u​​​​​krain harbiysi
Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik harbiylar Konstantinovkada rossiyaliklar raketasi kelib tushgan binodan chiqayotgan yarador ayolga yordam bermoqda
Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
19 yoshli Liliya o‘qqa tutilgan Konstantinovkadagi xonasida
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar raketasi kelib tushgan ko‘p kvartirali uyda vayron bo‘lgan balkon
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastidagi ukrain vertolyotchilari

Xarkiv oblastida harbiy harakatlar davom etmoqda. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovga ko‘ra, 2 aprel kuni Kupyansk, Xarkiv, Chuguyiv va Izyum rayonlarining chegaraga yaqin joylashgan shahar va qishloqlari o‘qqa tutilgan. Xususan, zarbalar oqibatida Kupyanskda 65 yoshli ayol yaralangan.

Bundan tashqari, Sinegubovning qayd etishicha, oblastda minalardan tozalash ishlari davom ettirilmoqda. Bir kun ichida ukrain sapyorlari ikki gektar hududni tekshirib chiqishgan va 47 ta portlovchi predmetni zararsizlantirishgan.

Ukrainaning 12-aviatsiya brigadasi Mi-8 vertolyotidagi harbiy
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Ukrainaning Mi-8 vertolyotlari rossiyaliklarning Xarkiv oblastidagi pozitsiyalari tomon uchib ketmoqda
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid