Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rheinmetall Ukraina texnikasini ta’mirlash uchun baza ochadi
Germaniyaning Rheinmetall qurol konserni Ruminiyada Ukrainaga yetkazib beriladigan og‘ir texnikaga texnik xizmat ko‘rsatish uchun baza ochadi.
Ta’mirlash va logistika markazi Ukraina chegarasi yaqinida joylashgan bo‘lib, Germaniyaning Leopard, Britaniyaning Challenger tanklari, Marder piyodalar jangovar mashinasi hamda Germaniyaning Fuchs zirhli transportyorlariga, shuningdek, harbiy yuk mashinalariga xizmat ko‘rsatadi, deya xabar bermoqda Reuters kompaniyaning o‘ziga tayanib.
Baza aprel oyida ish boshlaydi. «NATO va Ukraina qo‘shinlarini eng yaxshi yordam bilan ta’minlash Rheinmetall'dagilar uchun asosiy vazifadir», - dedi mudofaa konserni rahbari Armin Papperger.
Avvalroq Germaniyaning Rheinmetall qurol konserni Ukrainada tank zavodi qurish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani ma’lum bo‘lgandi. Bu haqda Rheinmetall bosh direktori Armin Papperger 4 mart kuni Rheinische Post gazetasiga bergan intervyusida aytgan.
«Taxminan 200 million yevro evaziga Ukrainada yiliga 400 tagacha Panther tanklari ishlab chiqaradigan Rheinmetall zavodini qurish mumkin. Ukraina hukumati bilan muzokaralar istiqbolli va umid qilamanki, bu borada qaror keyingi ikki oy ichida qabul qilinadi», dedi Papperger.
Urushda g‘alaba qozonish uchun Ukrainaga 600 tadan 800 tagacha tank kerak va bu ehtiyojni qondirish uchun ishlab chiqarishni zudlik bilan yo‘lga qo‘yish kerak, deb hisoblaydi ekspert. Uning fikricha, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari yordamida zavodni Rossiya hujumlaridan himoya qilish «qiyin bo‘lmaydi».
«Germaniya Kiyevga Bundesverdagi barcha 300 ta Leopard 2 tankini topshirsa ham, ularning soni juda oz bo‘ladi», - deya qo‘shimcha qildi Armin Papperger.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025