Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy saylov komissiyasi referendum uchun byulleten shaklini tasdiqladi
Unda «Siz «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonunini qabul qilasizmi?» degan savol bo‘ladi.
Markaziy saylov komissiyasining 5 aprel kuni bo‘lib o‘tgan majlisida yangi tahrirdagi Konstitutsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha o‘tkaziladigan referendum byulleteni shakli va matni tasdiqlangani haqida xabar berildi.
Unda «Siz «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonunini qabul qilasizmi?» degan savol bo‘ladi. Savolga «Ha» yoki «Yo‘q» deb javob berish kerak.
Shuningdek, ko‘rish imkoniyati cheklangan saylovchilar uchun brayl alifbosidagi trafaretlar tayyorlandi, deyiladi yig‘ilishda.
Referendumda qator davlatlarning markaziy saylov komissiyalari, MDH Parlamentlararo assambleyasi, YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi va boshqa tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
Referendum 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Muddatidan oldin ovoz berish 19-26 aprel kunlariga belgilangan.
Referendumni o‘tkazish uchun davlat budjetidan 182 milliard 380 million so‘m ajratilgan.
Mavzuga oid
10:51 / 24.03.2025
Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi
18:37 / 17.11.2024
Hududlardan saylangan senatorlar e’lon qilindi
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
11:10 / 01.11.2024