Duda: yaqinda Ukraina va Polsha o‘rtasida chegara qolmaydi
Bu Ukraina Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lganidan keyin yuz beradi.
Polsha prezidenti Anjyey Duda yaqin orada Ukraina va Polsha o‘rtasida chegara qolmasligiga ishonch bildirdi. Uning so‘zlarini RIA Novosti keltirmoqda.
«Umid qilamanki, urushdan keyin Polsha va Ukraina o‘rtasida jismoniy chegara qolmaydi», dedi Polsha rahbari Polsha-Ukraina iqtisodiy forumida.
Dudaning qayd etishicha, bu Ukraina Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lganidan keyin yuz beradi.
«Odamlar Ukrainadan Polshaga borganida, bu chegara bir paytlar qayerda bo‘lganini umuman bilmaydilar», dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Duda bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida kelajakda ikki davlat o‘rtasida, jumladan, tarixiy chegaralar ham bo‘lmasligini aytgan edi.
5 aprel kuni Zelenskiy Varshavaga urush boshlanganidan beri ilk marta bordi. Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Igor Jovkva ta’kidlaganidek, uning tashrifining asosiy mavzusi Varshavadan Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish masalasini muhokama qilish bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:54
Kaya Kallas: Ukrainaning YeIga qo‘shilish bo‘yicha aniq yo‘li bor
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024