Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Ukrainaga 14 ta MiG-29 qiruvchi samolyotini beradi
Varshava Kiyevga jami 14 ta MiG-29 qiruvchi samolyotini yetkazib beradi, deya ma’lum qildi Polsha prezidenti Anjyey Duda Varshavada ukrainalik hamkasbi Volodimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘rtta MiG-29 allaqachon Ukraina Qurolli kuchlariga topshirilgan, yana to‘rtta qiruvchi samolyotni yetkazib berish jarayoni davom etmoqda.
Keyinchalik Polsha Ukrainaga yana oltita jangovar samolyot yuborishga tayyor. «Biz ularni yaqin kelajakda yetkazib berish mumkin deb o‘ylaymiz», - deya qo‘shimcha qildi Duda.
Bugun, 5 aprel kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Polshaga tashrif buyurdi.
Avvalroq «Yevropa haqiqati» nashri xabar berganidek, Zelenskiy 5 aprel kuni Varshavaga rasmiy tashrif bilan keldi, bu uning urush boshlanganidan beri uchinchi xorijga safaridir.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025