O‘zbekiston | 12:55 / 05.04.2023
7672
1 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Tenge Business: Biznesingizni onlayn boshqaring

Tenge Bank yuridik shaxslar uchun biznes egalariga o‘z hisoblarini boshqarish va turli to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi Tenge Business mobil ilovasini ishga tushirdi.

Foto: Tenge Bank

Ilova barcha korporativ mijozlar, kichik va o‘rta biznes sub’yektlari, xususiy tadbirkorlar uchun mavjud bo‘lib, bank filiallariga bormasdan, onlayn tarzda bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ochib beradi.

Dastur qulay navigatsiya uchun moslashtirilgan zamonaviy interfeysga ega. Keng funksionallik tufayli mijozlar o‘z hisoblarini boshqarishlari, balanslar, hisobvaraqlar ko‘chirmalari va karta indekslari haqidagi dolzarb ma’lumotlarni olishlari mumkin.

Shuningdek, kompaniya menedjyerlari va buxgalterlari bir necha bosqichda milliy va xorijiy valutada to‘lovlarni amalga oshirishlari, korporativ kartalarni konvertatsiya qilishlari, ochishlari va to‘ldirishlari, omonat uchun ariza topshirishlari va POS-terminallarni o‘rnatishlari, bank belgilari bilan to‘ldirilgan to‘lov hujjatlarini shakllantirishlari va hamkorlarga yuborishlari mumkin.

Ilovani App Store va Google Play’dan yuklab olish mumkin.

Mavzuga oid