Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh generali: Qarshi hujumdan maqsad Qrimni ozod qilish bo‘ladi
Rossiya tomonidan annexia qilingan yarimorol Ukraina qo‘shinlarining qarshi hujumi uchun «hal qiluvchi hudud» hisoblanadi, Baxmut uchun janglar esa strategik yo‘nalishni o‘zgartirmaydi, dedi AQShning Yevropadagi kuchlari sobiq qo‘mondoni DW nashriga.
Rossiya tomonidan annexia qilingan Qrim Ukrainaning qarshi hujumi uchun «hal qiluvchi hudud», dedi AQShning Yevropadagi sobiq qo‘mondoni, iste’fodagi general-leytenant Ben Xodjyes 5 aprel, chorshanba kuni DW nashriga. Agar Qrim ozod etilsa, hammasi o‘zgaradi, dedi Xodjyes. Uning fikricha, Ukraina kuchlarining bo‘lajak operatsiyasi yarimorolni, keyinroq esa Donbassni ozod qilishga qaratilgan bo‘ladi.
Agar «har bir rus askari shiddatli janglar kuzatilayotgan Baxmutdan 200 kilometr radiusda o‘ldiriladigan» bo‘lsa ham, bu strategik jihatdan hech narsani o‘zgartirmaydi, deb hisoblaydi Yevropadagi AQSh qo‘shinlarining sobiq qo‘mondoni. Shu bilan birga, «Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Baxmutdagi rus qo‘shinlarini to‘xtatib, o‘z zirhli kuchlarini Baxmutga yuborish uchun ko‘p resurslardan foydalanishga majbur qilish imkoniga ega ekanligini ko‘rdi», dedi iste’fodagi general-leytenant.
Hozir Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda va bo‘lajak operatsiya haqidagi ma’lumotlarni har tomonlama himoya qilmoqda. Qarama-qarshi hujumning muvaffaqiyati Rossiya harbiy qismlariga «falokatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin», deya qo‘shimcha qildi Xodjyes.
«Agar bu hujum kuchayib, Rossiya mudofaasini o‘nlab kilometrga yorib o‘tsa, menimcha, bu boshqa rus kuchlariga ham, Kremlga ham psixologik ta’sir ko‘rsatadi», — dedi u.
Mavzuga oid
16:21 / 28.04.2025
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
19:46 / 25.04.2025
Tramp: Qrim Rossiya bilan qoladi va Zelenskiy buni biladi
22:32 / 23.04.2025
Tramp: hech kim Zelenskiydan Qrimni Rossiya hududi deb tan olishni so‘ramayapti
21:29 / 23.04.2025