Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV urush boshlanganidan beri Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar sonini oshkor qildi
Senat yalpi majlisida Tashqi ishlar vazirligining 2022 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.
Qayd etilishicha, oliy darajadagi tadbirlar va diplomatik munosabatlar doirasida savdo-iqtisodiy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarga oid 365 ta ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hujjat imzolangan.
2022 yil davomida xorijdagi fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan 276 846 ta konsullik operatsiyasi amalga oshirilgan. Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan buyon respublikaning 6 030 nafar fuqarosi maxsus reyslar orqali O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan.
Senatorlar investitsiyalarni jalb qilish, eksportni rivojlantirish va hududlararo hamkorlik hamda turizmni kengaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalarga qaramay, bu sohada hal etilmagan ayrim muammolar saqlanib qolayotganini ta’kidladi.
Mamlakat hududlarida ilg‘or, resurslarni tejovchi texnologiyalarni jalb qilish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qator diplomatik vakolatxonalar yetarli darajada faoliyat ko‘rsatmayotgani ta’kidlandi.
Senatorlar hududlararo hamkorlik va xorijiy davlatlarning O‘zbekiston shaharlari bilan qardoshlik aloqalarini rivojlantirish borasidagi ishlar samaradorligini tubdan oshirish va ishlar natijadorligiga erishish zarurligiga e’tibor qaratdi.
Mamlakat tashqi siyosiy ishlar bo‘yicha idorasi milliy turistik mahsulotini ommalashtirish va milliy hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi bozorlarga eksport qilish borasidagi ishlar samaradorligini ta’minlash maqsadida sezilarli choralar ko‘rishi zarurligi qayd etildi.
Muhokama yakunlari bo‘yicha Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025