Jahon | 16:00 / 07.04.2023
4848
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Rossiyadan o‘g‘it eksporti yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlashga rozi bo‘ldi

Foto: Picture Alliance

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li, Ukraina ishtirokidagi Qora dengiz don tashabbusini uzaytirish maqsadida RFning Rossiya o‘g‘itlari va g‘alla eksporti yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash talabiga rozi bo‘ldi

Chavusho‘g‘li rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida Turkiyaning Ukraina portlaridan g‘alla va boshqa tovarlar xavfsiz eksportini ta’minlash uchun kelishuvni uzaytirish tarafdori ekanini ta’kidladi. 

«Biz nafaqat Rossiya va Ukrainadan g‘alla va o‘g‘it eksporti bo‘yicha kelishuvni davom ettirishga, balki global oziq-ovqat inqiroziga barham berish uchun ham katta ahamiyat qaratamiz», — deya Chavusho‘g‘lining so‘zlarini keltiradi Reuters. 

«Biz, shuningdek, Rossiya don va o‘g‘itlarini eksport qilish yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash kerak degan fikrga qo‘shilamiz. G‘alla bo‘yicha kelishuvni yanada uzaytirish bo‘yicha masalalarni hal qilish kerak», - dedi vazir.

Rossiya TIV rahbari, o‘z navbatida, agar Rossiya eksporti yo‘lidagi to‘siqlar davom etsa, Moskva «don kelishuvi»dagi ishtirokini qayta ko‘rib chiqishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. 

«Agar Rossiya o‘g‘itlari va g‘alla eksporti yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishda bundan keyin ham olg‘a siljish bo‘lmasa, unda bu kelishuv zarurmi yoki yo‘qmi, bu haqda o‘ylab ko‘ramiz», dedi Lavrov Anqarada Chavusho‘g‘li bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid