«Yug» qo‘mondonligi: Qora dengizda Rossiyaning raketa tashuvchilari yo‘q
Qora dengizda Rossiyaning raketa tashuvchilari yo‘q. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari tarkibidagi «Yug» operativ qo‘mondonligi ma’lum qildi.

Foto: Picture Alliance
«Hozirda dushman kemalari guruhi Qrimning janubi-sharqiy qirg‘oqlari yaqinida manyovr qilayotgan 9 ta kemadan iborat, — deyiladi «Yug» operativ qo‘mondonligi hisobotida. — Kuchli bo‘ron tufayli Qora dengizdagi barcha raketa tashuvchilar tayanch punktlariga qayta olib ketildi».
Hisobotda qayd etilishicha, raketa zarbalari yoki uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujumlar uyushtirish xavfi hamon istisno qilinmayapti. Ukraina Qurolli kuchlari oxirgi kunlarda havoda dushman faolligi sezilarli darajada oshganini kuzatyapti.
Shuningdek, janubiy mudofaa kuchlarining javobgarlik zonasida operativ vaziyat keskinligicha qolayotgani, biroq nazorat ostida ekanligi ko‘rsatilgan.
Avvalroq «Yug» qo‘mondonligi Rossiyaning Qora dengizdagi kemalar guruhi soni 10 birlikkacha qisqartirilgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, tayanch punktlariga suvusti raketa tashuvchilar keltirilgan, ikkita suvosti kemasi dengizda, «Kalibr» raketalarining baravariga umumiy o‘q otishi - 8 birlikkacha.
Mavzuga oid

18:48 / 08.03.2025
Suriyada notinchlik – ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning ommaviy qirg‘ini videolari tarqaldi

08:20 / 08.03.2025
Reuters: AQSh Rossiya neft va gaziga nisbatan sanksiyalarni yumshatishi mumkin

20:38 / 07.03.2025
Tramp Rossiyaga muzokaralardan bosh torsa «jiddiy sanksiyalar» bilan tahdid qildi

18:59 / 06.03.2025