Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ayrim hududlarida 2 kun suv bo‘lmaydi
Toshkent shahrining Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridan o‘tuvchi Bobur ko‘chasidagi ko‘prikning ta’mirlanish jarayonida 2023 yil 10 aprel soat 9:00 dan 2023 yil 12 aprel soat 9:00 gacha ichimlik suv tarmog‘ini ko‘chirib o‘tkazish ishlari rejalashtirilgan.
Ushbu vaqt davomida quyidagi hududlarda suvsiz qoladi:
Sergeli tumani
Jun, No‘g‘oyqo‘rg‘on, Qubaytepa, Yuqori Darxon, Qut Baraka, Sug‘diyona, Qumariq, Oltin Vodiy, Uchuvchilar, Bunyodobod mahallalari;
Yangihayot tumani
Viqor, Al-Farg‘oniy, Chorbog‘, Yo‘ldosh, Yangi Choshtepa, Choshtepa, Chortoq, Iqbol, Fayzli, Toshkent mahallalari;
Yakkasaroy tumani
Boshliq, Qushbegi mahallalari, Boshliq 4-tor, Bobur, Nukus, A.Qaxxor ko‘chalari;
Mirobod tumani
Temiryo‘lchilar, Zaminobod, Birodarlik mahallalari.
Ichimlik suvi to‘xtatilgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025