Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy: Ukrainadagi mojaroni faqat siyosiy yo‘l bilan hal qilish mumkin
Xitoy rahbari Si Jinping fikricha, mojaroning barcha tomonlari uchrashishi kerak. Xitoy va Fransiya Ukrainada xalqaro huquq va BMT Nizomi asosida tinchlikni tiklashga chaqirdi.
Xitoy rahbari Si Jinping Ukraina bo‘yicha mojaroni faqat siyosiy yo‘l bilan hal qilish mumkinligiga ishonchi komil. Bunday yechim shartlarini kelishish uchun barcha tomonlar uchrashishi kerak, dedi Si 7 aprel, juma kuni Xitoyning Guanchjou shahrida Xitoyda bo‘lgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan kechki ovqat paytida.
Avvalroq Xitoy va Fransiya Makronning tashrifi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qo‘shma deklaratsiyada Ukraina bo‘yicha mojaroda tinchlikka erishish yo‘lidagi qadamlarni qo‘llab-quvvatlashlarini ma’lum qilgan edi. Yelisey saroyi veb-saytida 7 aprel kuni e’lon qilingan hujjatda: «Ikkala tomon ham xalqaro huquq, BMT Nizomining maqsad va tamoyillari asosida Ukrainada tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi har qanday sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi», deyiladi.
Ikki davlat rahbarlari qo‘shma bayonotida Xitoy va Fransiya atom elektr stansiyalari va boshqa tinch maqsadli yadroviy obektlarga qurolli hujumlarga qarshi turishi, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikni (AEXA) atom energiyasining ishonchliligi va xavfsizligini mustahkamlashda konstruktiv rol o‘ynashga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025