Jamiyat | 08:45 / 09.04.2023
8650
1 daqiqa o‘qiladi

Yanvar-mart oylarida «Tez yordam»ga 3 milliondan ortiq murojaat kelib tushdi

O‘zbekistonda so‘nggi 3 oyda «Tez yordam» xizmatiga 3 mln 90 mingta chaqiriq kelib tushdi. Ularning eng ko‘pi Farg‘ona, Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati o‘tgan 3 oyda «Tez yordam» xizmatiga mamlakat bo‘yicha jami 3 million 90 ming 479 ta chaqiriq kelib tushganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, bemorlardan 276 ming 566 nafari shifoxonalarga gospitalizatsiya qilingan. Eng ko‘p murojaatlar:

  • Farg‘ona viloyatida — 359 795 ta;
  • Andijon viloyatida — 315 941 ta;
  • Toshkent shahrida — 307 994 ta;
  • Toshkent viloyatida — 294 037 ta;
  • Namangan viloyatida — 283 665 ta qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yil davomida tez tibbiy yordam xizmatiga jami 13 million 22 ming 162 ta chaqiriq kelib tushgan edi.

Mavzuga oid