Jahon | 08:55 / 10.04.2023
7844
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyaning Alp tog‘larida qor ko‘chkisi qurbonlarga sabab bo‘ldi

Fransiyada Monblan yaqinida qor ko‘chkisi oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlar soni ortishi mumkin. Qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Reuters

9 aprel, yakshanba kuni Fransiyaning Alp tog‘larida qor ko‘chkisi oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Fransiyaning Bonnevil kommunasi prokuraturasiga tayanib, AFP agentligi xabar berishicha, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan.

Yuqori Savoyya departamenti vakillari qor ko‘chkisi paytida bir kishi jabrlanganini va 8 kishi bu hodisadan jarohatlarsiz omon qolishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidlamoqda. Ayni vaqtda bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda, tunda u to‘xtatildi.

Yakshanba kuni ertalab Alp tog‘larida Montblan yaqinidagi Armanset muzligidan tushgan qor ko‘chkisi haqida hech qanday ogohlantirish yo‘q. AFP axborot agentligiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning ikki nafari yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib ishlagan. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Twitter'da uning fikri qurbonlar va ularning yaqinlari bilan ekanligini va barcha kuchlar omon qolganlarni qidirishga tashlanishini yozdi.

Mavzuga oid